Sertifikatlash sxemalari

  • Sertifikatlash sxemalari !

MUVOFIQLIKNI SERTIFIKATLASH ORQALI MAHSULOTLARNING MUVOFIQLIGINI TASDIQLASH SXEMALARI!

Muayyan sertifikatlash sxemalari bir hil mahsulotlarni sertifikatlashning tegishli qoidalarida va bir hil mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan boshqa qoidalarda belgilanadi. Bunday holda, tekshiruvlar hajmi tufayli sxemaning murakkabligi ushbu mahsulotning xavf darajasiga bog‘liq.

Sertifikatlashtirish sxemasi har bir alohida holatda sertifikatlashtirish organi tomonidan talabnoma beruvchining takliflari, etkazib berish hajmi va muddati, sinov usullari, ishlab chiqarish xususiyatlari va uning barqarorligini buzish xavfi, shuningdek ushbu mahsulotning iste‘molchilar uchun potentsial xavfini hisobga olgan holda tanlanadi.

Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlash ularda nazarda tutilgan sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.


O ‘zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimida (o‘R QHT)qo‘llaniladigan tavsiya etilgan sertifikatlashtirish sxemalari


sxema № 1
seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;

sxema № 2
ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;

sxema № 3
mahsulotlar to‘pi uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamg‘alanishini ta’minlaydi. Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar mazkur sxema orqali sertifikatlashtirilishi mumkin. Bunda sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning tanlab olingan namunalariga va ularni sertifikatlashtirish organiga yetkazib berishga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.

sxema № 4
yagona (bitta) buyum uchun, texnik reglamentda belgilangan sinov va o‘lchashlarni o‘tkazish jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;

sxema № 5
tayyor mahsulotning sinov va o‘lchashlarda texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lmagan turkum ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;

sxema № 6
tayyor mahsulotning sinov va o‘lchashlarida texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash imkoni mavjud bo‘lmaganda hamda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;.

sxema № 7
seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;

sxema № 8
seriyali ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan va ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud bo‘lgan turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi;

sxema № 9
respublika hududidagi korxonalarni jihozlash uchun mo‘ljallangan yagona (bitta) buyumlarga qo‘llaniladi. Mazkur sxema bo‘yicha sertifikatlashtirish texnik hujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.



Sxemalar muvofiqlik sertifikati orqali mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash uchun


sxemalar
Akkreditatsiyalangan sinov
laboratoriyalarida sinov
va muvofiqlikni isbotlashning
boshqa usullari
Ishlab chiqarishni
tekshirish yoki
sifat tizimini baholash
Sertifikatlangan mahsulotlarni
tekshirish nazorati
(sifat tizimlari ,ishlab chiqarish)
1Sinov turi--
2Sinov turi-Savdo sohasida olingan namunalarni
sinovdan o‘tkazish
(isteʼmolchidan)
3Sinov turiIshlab chiqarish inspeksiyasiIshlab chiqaruvchidan olingan
namunalarni sinovdan o‘tkazish.
Ishlab chiqarish inspeksiyasi
4Sinov turiIshlab chiqarish inspeksiyasiSavdo sohasidan (isteʼmolchidan)
ham, ishlab chiqarishdan
ham olingan namunalarni
sinovdan o‘tkazish
5Sinov turiIshlab chiqarishni tekshirish yoki sifat tizimini baholashNamunalarni sinovdan o‘tkazish
va sifat tizimini baholash
(ishlab chiqarishni tekshirish)
6-Sifat tizimini
baholash
Sifat tizimining holatini
baholash
7Sinov turi--
8Har bir namunani
sinash
--
9Ilova qilingan hujjatlarga
muvofiqlik deklaratsiyasini
ko‘rib chiqish
--